Martines: «Men uchun ham, oilam uchun ham ajoyib yil bo‘ldi»

Milanning “Inter” klubining argentinalik hujumchisi Lautaro Martines gol urish bo‘yicha o‘zining shaxsiy rekordini yangilagan hamda Yevropaning eng nufuzli klublar turniri – Chempionlar ligasi finalida o‘ynagan o‘tgan yilgi mavsumi haqida gapirib berdi.

«Bu men uchun ham, oilam uchun ham ajoyib yil bo‘ldi. Biz Istanbulda muvaffaqiyat qozona olmadik, ammo biz jamoa sifatida jiddiy o‘sdik, bundan xursandman», – deya Lautaroning so‘zlarini keltiradi «Inter» klubi sayti. 

Eslatib o‘tamiz, argentinalik hujumchi hozirgi jamoasida 2018 yildan buyon to‘p tepmoqda. Ayni damda “Inter” Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter