Rasman: «Benfika» Leonardoni sotib oldi

«Benfika» «Santos» hujumchisi Markos Leonardoni sotib olganini e’lon qildi.

20 yoshli braziliyalik Portugaliya klubi bilan 2029 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzoladi. Transfermarkt.com portali xabariga ko‘ra, transfer summasi 18 million yevroni tashkil qilgan.

Markos Leonardo – «Santos» tarbiyalanuvchisi. Forvard butun faoliyati davomida jamoa safida 168 ta o‘yinda maydonga tushib, 54 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter