Kanselu qancha vaqtga safdan chiqdi?
«Barselona» himoyachisi Joau Kanselu «Las-Palmas» bilan o‘yinda chap oyog‘ini shikastlab oldi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi dastlabki taxminlarga ko‘ra Ispaniya Superkubogi bahslarini o‘tkazib yuboradi. Aniq ma’lumotlar bugungi tibbiy ko‘rikdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Kanselu joriy mavsumda kataloniyaliklarning 22 ta o‘yinida 3 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/