Dibala La Ligaga yo‘l olishi mumkin

«Roma» da bir necha mavsum o‘ynaganidan so‘ng, argentinalik hujumchi Paulo Dibala Madridning «Atletiko» klubi o‘yinchisi bo‘lishi mumkin, uni o‘z vatandoshi – murabbiy Diyego Simeone jamoasida ko‘rishni juda xohlaydi.

Todofichajes «Atletiko» ning qiziqishi haqida xabar berdi.

Madridliklar, birinchi navbatda, Dibala shartnomasidagi bandni hisobga oldi, unga ko‘ra endi uni faqat o‘n uch million yevroga sotib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Dibala ilgari hech qachon Ispaniya futbolida o‘ynamagan, uning butun faoliyati Italiyada o‘tgan-avval «Palermo»da, keyin Turinning «Yuventus»ida, endi esa»Roma»da.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter