Spaletti Superliga haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti Yevropa Superligasi jonlanishi haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi.

“Aftidan, faqat kuchli odamlar qoidalarni yozishi mumkin. Ular o‘zlarining futbol g‘oyalarini bizga yuklamoqchi. Biroq, ular bir narsani tushunishmaydi: odamlar o‘zlari uzoq vaqtdan beri sevib kelayotgan an’anaviy futbolni tanlaydilar», – deydi mutaxassis.

Yevropaning ko‘plab klublari Superligada ishtirok etishdan bosh tortgan. Hozirda loyiha ishtirokchilari orasida faqat “Real Madrid” va Kataloniyaning “Barselona” klublari bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter