Angliyalik sobiq futbolchi: «MYU»da hech qanday ambisiya yo‘q»

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jeymi Rednapp «Manchester Yunayted»ning o‘yinini tanqid qildi.

Erik ten Xag shogirdlari 2023-yilni “Nottingem Forest”dan uchralgan mag‘lubiyat (1:2) bilan yakunladi.

«Manchester Yunayted» juda nomuvofiq va uni tomosha qilish yoqimsiz.

O‘yinchilarning xohishi yo‘q va ularni maydonga majburlashayotgandek ko‘rinadi. Hech qanday ambisiya yo‘q”, dedi o‘yindan keyin Sky Sports telekanali eksperti.

20 turdan keyin 31 ochko jamg‘argan “qizil iblislar” APL turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda, ammo “Brayton” (30 ochko) va “Nyukasl” (29) bir o‘yin kam o‘tkazgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter