«Chelsi» Todibo uchun «Tottenxem» bilan raqobatlashadi

Londonning «Chelsi» klubi «Nissa» markaziy himoyachisi Jan-Kler Todibo transferi uchun «Tottenxem» bilan raqobatlashishga tayyor. Jurnalist Bobbi Vinsentning xabar berishicha, fransuz uchun poygada «pensionerlar» ham ishtirok etishmoqda.

Avvalroq “Nissa” Todiboni 40 million yevro atrofida tovon puli sifatida baholagan edi. «Chelsi» yozda shartnomasi muddati tugaydigan 39 yoshli Tiago Silvaga o‘rinbosar qidirmoqda.

24 yoshli markaziy himoyachi Liga 1ning ushbu mavsumida bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter