Kompani: «Jamoam bilan juda faxrlanaman»

Angliya chempionatining o‘n to‘qqizinchi turida “Byornli” “Aston Villa”ga mag‘lub bo‘ldi, ammo munosib qarshilik ko‘rsatdi – klub bosh murabbiyi Vensan Kompani shunday deb hisoblaydi.

U so‘nggi o‘yin natijalariga izoh berdi.

«Men jamoam bilan juda faxrlanaman. Ko‘ngilsizlik boshqa narsa bilan bog‘liq, chunki bunday o‘yindan keyin ochko olishni xohlaysiz.

Biz o‘yinlarni yaxshiroq boshqarishni, lahzalarni yaxshiroq his qilishni, raqib jarima maydonini yaxshiroq tushunishni o‘rgandik.

Shu bois bugun ikkita gol urdik. Biz bu muvaffaqiyatlarni mustahkamlashimiz kerak», – deya Kompanining so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

“Byornli” Angliya chempionatining navbatdagi turida “Luton Taun”ga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter