Pol Parker: «Manchester Yunayted»ni o‘z muxlislaridan boshqa hech kim sevmaydi»

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Pol Parker hujumchi Rasmus Xyoylundga bo‘lgan tanqidlar haqida gapirdi.

O‘tgan yozda «qizil iblislar» yaqin vaqtgacha APLda gol ura olmagan daniyalikning transferi uchun deyarli 75 million yevro sarflagandi.

20 yoshli futbolchi chempionatdagi atigi 15-uchrashuvida “Aston Villa” darvozasini ishg‘ol qilib, golsiz seriyani buzdi (3:2).

«Hamma Xyoylund muvaffaqiyatsiz bo‘lishiga umid qilmoqda, chunki hamma «Manchester Yunayted»ni yomon ko‘radi. Bu dunyodagi eng katta klub va uni o‘z muxlislaridan boshqa hech kim sevmaydi.

Mahalliy muxlislar Rasmusni qo‘llab-quvvatlagani va qo‘llab-quvvatlashda davom etayotgani yaxshi. Endi u «Aston Villa» bilan o‘yindagi gol tasodif emasligini isbotlashi kerak, ular undan ko‘proq narsani kutishadi», – deya Parkerning so‘zlarini keltiradi UtdDistrict.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter