Kamerun Onanaga rasmiy taklif yubordi

«Manchester Yunayted» darvozaboni Andre Onana yanvar oyida Kamerun terma jamoasidan Afrika Millatlar Kubogiga chaqiruv olganidan keyin jamoasiga yordam bera olmasligi haqida xabar berilgandi. Kamerun terma jamoasi Onana bo‘yicha rasmiy taklif yubordi.

Avvalroq, «Manchester Yunayted» Kamerun terma jamoasi bilan kelishuvga erishib, Onana turnirga bormasligi uchun umid qilgandi. Biroq «mankunianliklar» Afrika termasi bilan muzokaralarda kelishuvga erisha olishmadi.

Qayd etilishicha, Onana yo‘qligida “Manchester Yunayted”ning asosiy darvozaboni o‘tgan yozda Turkiyaning “Fenerbaxche” klubidan “Old Trafford”ga o‘tgan 25 yoshli Altay Bayindir bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter