Osiyo Kubogi uchun qaydnoma qachongacha taqdim etilishi kerak?

Qatardagi Osiyo kubogida o‘yin kuni ham yakuniy ro‘yxatga o‘zgartirish kiritish mumkin.

Har bir terma jamoa o‘zining ilk o‘yinidan 6 soat oldin 26 kishilik yakuniy ro‘yxatdagi futbolchini almashtirishi mumkin. Ammo, oldinroq topshirilgan 50 kishilik kengaytirilgan ro‘yxatda mavjud futbolchilargina tarkibga qo‘shilishi mumkin.

Demak, murabbiylar jarohati bor futbolchilarni tarkibga kiritish yoki kiritmaslik masalasi bo‘yicha yakuniy qarorni 1-tur o‘yini kuni qabul qilishlari mumkin.

Manba: @SamvelKarlenich

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter