Verner uchun «Aston Villa» hamda «MYU» poygada qatnashadi

«Leypsig» hujumchisi Timo Verner faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi insayder Fabrisio Romano.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli germaniyalik futbolchiga «Aston Villa» va «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Vernerning o‘z jamoasini almashtirishga tayyor.

Transfermarkt portali «Leypsig» hujumchisini 17 million yevroga baholagan. U APLda avval «Chelsi» sharafini himoya qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter