Konor Makgregor Menni Pakyaoga qarshi ringga chiqmoqchiligini ma’lum qildi

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor (22-6) Menni Pakyaoga qarshi jang qilish istagi borligini ma’lum qildi.

“Mennini juda hurmat qilaman. Lekin unga men bilan jang qilishi uchun tezroq vazn yig‘ishi kerakligini yetkazinglar. Nega endi yo‘q? Bu uning sporti. Agar Menni vazn yig‘ishni istamasa, menga butun arsenalimdan foydalanishimga qo‘yib bersin.

Oyoq bilan urishga, kurashishga ruxsat bersin. Men u bilan jang qilmoqchiman”, — deydi Konor.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor so‘nggi jangini 2021 yil iyul oyi Dastin Poryega qarshi o‘tkazib, oyog‘ini sindirib olgandi. Porye texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.

Avvalroq, bokschi Oleksandr Usik Konorni jangga chorlagani xabar qilingandi.

Pakyao esa 2021 yilda WBC kamari uchun Yordenis Ugasga qarshi jangda mag‘lub bo‘lganidan so‘ng faoliyatini yakunlagan edi.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter