Anchelotti Kroosning futbolchilik faoliyati davom etishidan umidvor

«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Toni Kroos kelasi yili faoliyatini yakunlamasligiga umid qilmoqda.

Nemis futbolchisi o‘tgan mavsum oxirida faoliyatini yakunlash haqida jiddiy o‘ylagan, ammo shartnomasini 2024 yilning o‘rtalariga qadar uzaytirishga qaror qilgandi. Joriy mavsum yarim himoyachining futboldan ketishidan oldingi oxirgisi bo‘ladimi yoki yo‘qmi noma’lum, ammo «Real» futbolchini yana saqlab qolish niyatida. Diario AS xabariga ko‘ra, Anchelotti allaqachon Kroosni faoliyatini yakunlamaslikka, balki klubda yana bir yil o‘tkazishga ishontirmoqda. Madridliklar rahbariyati ham u bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolashni istamoqda.

4 yanvar kuni Toni Kroos 34 yoshga to‘ladi. Uning joriy mavsumda bitta gol va beshta golli uzatmasi bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter