Mbappe Enrikening ishidan norozi

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikening ishidan norozi. So‘nggi paytlarda futbolchi va murabbiy o‘rtasidagi munosabatlar jiddiy ravishda yomonlashdi, deya xabar bermoqda Lequipe nashri.

Manbaning xabariga ko‘ra, Mbappe ikki sababga ko‘ra Enrikedan norozi. Birinchidan, hujumchi ispaniyalik mutaxassisning Chempionlar ligasi doirasida Dortmundning «Borussiya» jamoasiga (1:1) qarshi o‘yinida hisobni ushlab turish uchun o‘ynash qaroridan hanuz xafa. Ikkinchidan, Kilian maydondagi holatidan norozi. U hujum markazida emas, qanotda o‘ynashni xohlaydi.

Mbappening parijliklar bilan shartnomasi kelasi yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter