Jeymsning safga qaytish sanasi noma’lum

«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘ng qanot himoyachisi va klub sardori Ris Jeymsning holati haqida gapirdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz futbolchisi kamida mart oyigacha safdan chiqadi, ammo agar futbolchi operasiya qilinsa, u uzoqroq muddatni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

“Jeymsga operasiya kerakmi yoki yo‘qmi, hozircha bilmaymiz. Bugun dushanba, qaror qabul qilish uchun biroz ko‘proq vaqt kerak. Vaziyat yaqin kunlarda oydinlashadi», dedi Pochettino matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter