«Verder»ning ayrim a’zolari Keytadan g‘azablanmoqda

«Liverpul»ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda «Verder»da o‘ynayotgan Nabi Keyta Germaniyada muammolarga duch kelmoqda.

Deichstube nashri xabariga ko‘ra, ba’zi jamoa futbolchilari gvineyalik futbolchining xatti-harakatidan g‘azablangan, u vaqti-vaqti bilan uchrashuvlarga kechikib, homiylik tadbirlaridan qochishga harakat qiladi. Qayd etilishicha, 28 yoshli futbolchining o‘yin vaqti qisqarganiga aynan shu sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Keyta o‘tgan yozda erkin agent sifatida «Verder»ga o‘tgandi. Bremen jamoasi tarkibida yarim himoyachi Bundesligada atigi uchta o‘yinda maydonga tushdi va hech qanday samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter