«Chelsi» «Arsenal» darvozabonini sotib olmoqchi emas

Londonning «Chelsi» klubi joriy mavsumda asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan «Arsenal» darvozaboni Aaron Ramsdeylni transfer qilishni maqsad qilgani yo‘q.

Standard nashri xabariga ko‘ra, «ko‘klar» Robert Sanches jarohat olganiga qaramay, yanvarda yangi darvozabon sotib olishni rejalashtirmayapti. Sanches bir necha haftani o‘tkazib yuboradi.

Qayd etilishicha, «Chelsi» «Sheffild Yunayted»ga qarshi bahsda maydonga tushib, darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan ikkinchi darvozaboni Jorj Petrovichga katta ishonch bildirmoqda.

 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter