Reynders: «San-Siro»da o‘ynash katta sharaf»
Italiya chempionatining o‘n oltinchi turida «Milan» yirik g‘alabaga erishdi, Stefano Pioli shogirdlari «Monsa» darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritib, Turinning «Yuventus» jamoasi bilan farqni qisqartirdi.
«Milan»ning birinchi goli muallifi gollandiyalik yarim himoyachi Tijani Reynders bo‘lib, o‘yin natijalariga izoh berdi.
«Biz «Atalanta»ga yutqazdik, ammo bugun yana g‘alaba qozondik, endi kayfiyatimiz boshqacha. «San-Siro»dagi goldan xursandman, bu stadionda o‘ynash katta sharaf.
Mavsum hali tugamadi, shuning uchun biz skudetto orzusidan voz kechmaymiz», dedi Reynders.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/