Jerrard: «Firminoning imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman»

Saudiyaning «Al-Ittifoq» klubi bosh murabbiyi Stiven Jerrard braziliyalik hujumchi, hozirda «Al-Ahli» futbolchisi Roberto Firminoning transferi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

«Biz yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida o‘zimizni kuchaytirish niyatidamiz. Biz eng yaxshisini imzolamoqchimiz.

Firmino? Men bu futbolchining imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman va uning iqtidoriga muxlislik qilaman. Hozir Roberto «Al-Ahli» futbolchisi, shuning uchun bu yangilikka izoh berish qiyin», – dedi angliyalik mutaxassis.

Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Firmino 15 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter