«Barselona»ning g‘alabasiz seriyasi 3 ta o‘yinga yetdi

«Barselona» o‘zining g‘alabasiz seriyasini uchta o‘yinga yetkazdi.

Bugun kataloniyaliklar La Liganing 17-turida “Valensiya”ni mehmonda (1:1) mag‘lub eta olmadi.

Xavi shogirdlari ketma-ket uchta o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti: bungacha «Jirona» (2:4) va «Antverpen» (2:3)dan mag‘lub bo‘lgan. Bu o‘yinlarning umumiy hisobi 5:8. Bu kataloniyaliklarning mavsumdagi eng yomon davri.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter