Anchelotti: «Superliga futbol olamini o‘zgartirishi mumkin»

Yevropa sudi kelasi hafta Superliga bo‘yicha qaror chiqaradi. Bu qaror asosan Superliganing kelajagi bor yoki yo‘qligini aniqlab beradi. «Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti vaziyatga izoh berdi.

«Superliga qarori tarixiy bo‘lishi va futbol olamini o‘zgartirishi mumkin. Biz kutishimiz kerak» – dedi Anchelotti shanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Qayd etish kerakki, Superliga loyihasi “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres tomonidan faol targ‘ib qilinmoqda. Ushbu loyihani «Barselona» ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Superligani yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan qolgan 10 ta klub bu g‘oyadan voz kechishga ulgurdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter