Aguero «Real» futbolchilarini tanqid qildi

«Manchester Siti» va «Barselona»ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero «Real»ning braziliyalik hujumchilari Vinisius va Rodrigoga nisbatan irqchilikka asoslangan gaplarga munosabat bildirdi.

«Bu ikkisi o‘yin davomida raqiblari haqida juda ko‘p yomon gaplarni aytishadi. Biroq, bu haqda hamma jim.

Shu bilan birga, kimdir ularga biror noxush gap aytishi bilanoq, bu odam bilan nima bo‘lishini hamma biladi», — deb yozdi argentinalik futbolchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter