Aleksandr-Arnold Salohni e’tirof etdi

«Liverpul» himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold hujumchi Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi.

“Salohni har kuni ko‘rganlar uning o‘yinda qilgan mehnatini ko‘rishadi. Gollar, golli uzatmalar va raqamlar uning qilgan mehnatini ko‘rsatadi. Lekin nevaralarimga u haqida gapirar ekanman, gollar va golli uzatmalar haqida emas, uning qanday ishlagani, atrofdagilarni qanday ruhlantirgani, o‘rnak va yetakchi bo‘lganligi haqida gapiraman.

Saloh men bilan maydonda o‘ynagan eng professional futbolchi. U eng mehnatkash va eng fidoyi”, dedi Trent.

“Liverpul” ayni damda APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter