Reynders: «Evropa Ligasi ham muhim»

«Milan» Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida g‘alaba qozondi, ammo shunga qaramay, Tijani Reynders jamoasi Yevropaning klublar miqyosidagi eng nufuzli futbol turnirining keyingi bosqichiga chiqa olmadi.

Gollandiyalik yarim himoyachi o‘yin natijasi haqida fikr bildirdi va klub sharafi uchun Yevropa ligasida kurashni davom ettirishga tayyorligini bildirdi:

«Albatta, biz hamma narsa o‘zimiz uchun optimal tarzda amalga oshishiga umid qilgandik, lekin yakunda biz Yevropa Ligasida qoldik va bugungi kunda eng muhimi shu edi.

Guruh juda qiyin bo‘ldi, ayrim o‘yinlarda yaxshi o‘ynamadik. Biz endi Yevropa ligasida kurashamiz», – deya Reyndersning so‘zlarini keltirmoqda pianetamilan.it.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter