Pogbaning sudi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

“Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogba 18 yanvar kuni antidoping sudiga chiqadi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda. Xabaringiz bor, fransiyalik futbolchining avgust oyidagi testlarida testosteron darajasining yuqoriligini aniqlagan.

Avvalroq antidoping prokuraturasi Pogbani 4 yilga diskvalifikasiya qilishni talab qilayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Futbolchi tomoni jazo yanada yengilroq bo‘lishiga umid qilmoqda.

Pol Pogba mart oyida 31 yoshini nishonlaydi. 2023/2024 yilgi mavsumda fransiyalik futbolchi «Yuventus» tarkibida ikkita o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter