«Union» ustozi: «Kuchimiz qolmaguncha «Real» futbolchilarini quvdik»

«Union Berlin» bosh murabbiyi Nenad Belisa Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turida «Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (2:3) jamoada madridliklar ortidan yugurishga kuch qolmaganini aytdi.

«Real Madrid» sizni ko‘p yugurishga majbur qiladi. Biz kuchimiz qolmaguncha ularni quvdik, ammo bu kuchliroq jamoalarda ham sodir bo‘ladi. Yakunda juda ko‘p gol o‘tkazib yubordik – «Braga»ga, ikki marta «Real»ga, so‘nggi daqiqalarda omadimiz kelmadi. Biz bundan saboq olib, yaxshiroq o‘ynashga harakat qilamiz», – dedi «Union» ustozi UYEFA rasmiy saytiga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter