Bonuchchi bir paytlar «Real»ga o‘tishi mumkin edi
«Union Berlin» markaziy himoyachisi Leonardo Bonuchchi 2017 yilning yozida «Real»ga o‘tishi mumkinligini tan oldi.
«Real Madridga o‘tishga juda yaqin edim. Bularning barchasi 2017 yilning yozida «Yuventus» va men Kardiffda Chempionlar ligasi finalida «Real»ga yutqazganimizdan keyin sodir bo‘ldi.
Mening agentim muzokaralar olib bordi, qiziqish juda jiddiy edi, lekin yakunda bitim tuzilmadi.
«Real Madrid» 30 yoshdan oshgan futbolchini xarid qilmaslikka qaror qildi, lekin asosiy e’tiborni yosh himoyachilarga qaratdi.
Bu transfer amalga oshmagan bo‘lsada, yaxshi bo‘ldi. Menda «Real»ga nisbatan mehr, hurmat va hayrat hissi bor», – dedi Bonuchchi Marca nashriga.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/