«Real» yozda Mbappeni atayin transfer qilmagan

Taniqli futbol insayderi Fabrisio Romano «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappening «Real»ga muvaffaqiyatsiz transferi haqida gapirdi.

«Iyul oyida Mbappe va «Real Madrid» haqida mish-mishlarni eshita boshlaganimizda, men «Real Madrid»dagi manbalarimdan bu haqda so‘radim, lekin javob har doim bir xil bo‘ldi: «Bizning bu yoz uchun chegaramiz tugadi. Bellingemga pul tikamiz».

Klub Jud ko‘p gol urib, golli uzatma berishiga ishongandi», – deya Romanoning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Joriy mavsumda 20 yoshli Bellingem barcha turnirlarni hisobga olgan holda 18 ta uchrashuvda qatnashib, 16 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter