The Best. Yilning eng yaxshi darvozaboni bo‘lish uchun yakuniy 3 nomzod ma’lum

FIFA 2023 yilda eng yaxshilar nomi uchun kurashadigan uchta darvozabon nomini e’lon qildi.

Ushbu sovringa da’vogarlar – Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubining 32 yoshli kiperi Yasin Bunu, «Real»dan 31 yoshli Tibo Kurtua va «Manchester Siti»dan 30 yoshli Ederson.

2023 yilning eng yaxshi darvozaboni taqdirlash marosimi 15 yanvar kuni Angliya poytaxti Londonda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan Emiliano Martines («Aston Villa») eng yaxshi darvozabon sifatida e’tirof etilgan edi. Aytish joizki, Martines Qatarda bo‘lib o‘tgan turnirda eng yaxshi deb topilgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter