Byelisa: «Union» «Real»ni mag‘lub etish imkoniyatiga ega»

«Union» bosh murabbiyi Nenad Byelisa «Real»ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi o‘yinidan oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz hammamiz «Real Madrid» kabi raqibga qarshi o‘ynashni intiqlik bilan kutamiz. Ular jahon futbolida nimani anglatishini, qanday fazilatlarga ega ekanligini hamma biladi. Ijobiy natijaga erishish uchun mukammal o‘yin ko‘rsatishimiz kerak bo‘ladi. Ishonchim komilki, agar biz xuddi “Borussiya” bilan o‘yinni takrorlab, ishonchli o‘ynasak, g‘alaba qozonish imkoniyatimiz bor”, — deya Byelisa so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

«Union» – «Real Madrid» uchrashuvi 12 dekabr kuni Berlinda bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter