Laporta o‘z jamoasi chempion bo‘la olmasa ham xafa bo‘lmaydi

«Barselona» prezidenti Joan Laporta chempionlik uchun kurashda raqiblari orasida «Jirona»ni afzal ko‘rishini tan oldi.

Ayni damda «ko‘k-anorranglilar» qo‘shnilaridan 7 ochko ortda qolmoqda. Kecha jamoalar o‘zaro o‘yin o‘tkazadi.

«Agar «Barselona» La Ligada g‘alaba qozona olmasa, «Jirona» buni amalga oshirishini istardim. Bu Kataloniya klubi, u mintaqani ifodalaydi», – deya Laportaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Barca Universal.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter