«Jirona» bosh murabbiyi «Barselona» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi

«Jirona» bosh murabbiyi Michel Sanches Ispaniya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi o‘yin (4:2) yakunlarini sarhisob qildi.

«Biz baxtlimiz. Bu ajoyib «Barselona» edi. Birinchi bo‘limda ular ustunroq edi, ammo tanaffusdan keyin to‘pni yaxshi nazorat qildik. Ularda ham, bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi, ammo biz aniqroq edik. O‘yin tempi juda yuqori bo‘ldi, biz uchun qiyin bo‘ldi, ammo mentalitetimiz juda yaxshi. Men La Ligada 100 ta o‘yin o‘tkazganimdan va “Barselona”ga qarshi birinchi g‘alabani qo‘lga kiritganimdan juda xursandman. Birinchi maqsad o‘zimizni quyi ligaga tushib qolishdan himoya qilish edi. Endi biz yevrokuboklarda o‘ynashni istaymiz va buning uchun qo‘limizdan kelganini qilishga harakat qilamiz», – deya Michelning so‘zlarini keltiradi Marca.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter