Ximenes yaxshi formada

Tajribali meksikalik hujumchi Raul Ximenes Premyer-ligada ketma-ket ikkita o‘yinda gol urdi.

So‘nggi turda Raul «Nottingem Forest» klubiga qarshi bahsda dubl qayd etgan bo‘lsa, joriy turda Londonning «Vest Xem» klubi darvozasiga gol urdi. Ximenes «Fulxem»da o‘ynaydi.

Ximenes 2020 yildan beri birinchi marta Premyer-ligada ketma-ket ikkita o‘yinda gol urdi – o‘shanda u hali ham «Vulverxempton» futbolchisi edi.

Umuman olganda, 32 yoshli meksikalik 2018 yildan 2023 yilgacha «bo‘rilar» lagerida o‘ynagan. Joriy mavsumda Meksika terma jamoasi futbolchisi londonliklar sharafini himoya qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter