Konkur bo‘yicha «Uzbekistan Global Tour 2023» turnirining 10-bosqichi ortda qoldi

Konkur bo‘yicha «Uzbekistan Global Tour 2023» turnirining 10-bosqichi ortda qoldi.

«Universal Horses Stable» ot sporti klubi mezbonlik qilayotgan bu galgi bellashuvlar ham qiziqarli kurashlarga boy bo‘ldi.

Shiddatli ruhda o‘tgan bellashuvlar yakunida sportchi sifatida o‘z omadini sinab ko‘rgan mamlakat yilqichilik va ot sporti federasiyasi raisi Bahromjon Gaziyev «La Blu Ruj» turporida 135 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida birinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, E’zoza Umarxo‘jayeva («Solist» laqabli otda) «F» (110 sm, to‘siq balandligi), Dilshod Mamadaliyev («Govenor») «C» (115 sm), Dilshod Shokirov («Kaskat») «E» (120 sm), Alisher Erkinov («Etos») «B» (125-130 sm), A’zam Tolibboyev («Bozart De Ruet») esa «A» (150 sm) toifasida g‘alaba qozondi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter