«Nyukasl» nega «Everton»ga yirik hisobda yutqazdi? (videosharh)

«Nyukasl» qatorasiga to‘rt o‘yinni bir xil tarkibda o‘tkazdi. «Chelsi» va «MYU» ustidan yaqqol g‘alaba, Parijda durang – go‘yoki jamoa o‘z ideal ko‘rinishini topgandek, nimani o‘zgartirish mumkin? Har qanday murabbiy bunga botinishi qiyin.

Ammo yevrokuboklarda, uch kunda bir o‘yin rejimida o‘ynar ekansan, jismoniy faktorniyam hisobga olish kerak. Nima bo‘lgandayam, raqiblar yuqori saviyali, ko‘proq kuch talab qilingani shubhasiz.

Natijada «Everton» «issiqqina» holatda o‘zinikini oldi (3:0). Bunga jamoaning agressiv o‘yin ko‘rsatishi kifoya bo‘ldi. «Nyukasl» futbolchilari aynan jismoniy charchoq bilan o‘ynayotgani bilindi – 3.23 Xg – APLda biror jamoa «Nyukasl» bilan shuncha xavfli vaziyat yaratmagandi.

Katta klub bo‘lish qiyin.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter