Arteta: «Peshqadamlik haqida o‘ylamayman»

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning Angliya chempionatidagi yetakchiligi haqida gapirdi.

«Men bu haqda o‘ylamayman. Raqiblar bizni mag‘lub etishlari qiyin bo‘lishi uchun qanday qilib yaxshiroq o‘ynashimiz va barqarorlikni qo‘lga kiritishimiz haqida o‘ylayman. Oldinda bizni hali uzoq marafon kutib turibdi», – dedi Arteta Daily Mail bilan suhbatda.

14-turdan so‘ng «Arsenal» o‘z xazinasiga 33 ochko qo‘shishga muvaffaq bo‘lib, Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. «Kanonirlar»ning eng yaqin ta’qibchisi «Manchester Siti» bo‘lib, u atigi ikki ochko ortda qolmoqda.

Bugun, 5 dekabr kuni «Arsenal» safarda «Luton Taun»ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter