«Borussiya Dortmund» hujumchisiga yangi narx belgiladi

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Doniell Malen tez orada klubini o‘zgartirishi mumkin.

24 yoshli futbolchi yangi takliflarga ochiq – u yanvarda yoki mavsum oxirida “asalarilar” safini tark etishga tayyor, chunki u Dortmundda unchalik xursand emas, deb yozadi jurnalist Patrik Berger. «Borussiya» niderlandiyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor va uning narxini allaqachon belgilab qo‘ygan – 30-35 million yevro. Futbolchining ageni allaqachon bozordagi variantlarni o‘rganmoqda. Manbaga ko‘ra, hujumchiga Angliya Premyer-ligasida talab katta.

Doniell Malen joriy mavsumda dortmundliklar safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Avvalroq unga «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Bavariya» qiziqish bildirayotgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter