Liga1. «Lans» gollarga boy kechgan bahsda «Lion»ni taslim qildi

Fransiya chempionati 14-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Lans» – «Lion» uchrashuvida 5 ta gol kiritildi. O‘yinda mezbonlar 3:2 hisobida zafar quchdi.

Mehmonlar safida O’Brayen dubl qilgan bo‘lsa, provansliklardan Frankovski dubl muallifiga aylandi va yana bir gol Said hisobiga yozildi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov uchrashuvni zaxiradan kuzatdi.

Lans – Lion 3:2 (1:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 15 O’Brayen, 1:1 – 26 Said, 2:1 – 52, penalti Frankovski, 2:2 – 72 O’Brayen, 3:2 – 74 Frankovski.
Lans – Samba, Agilyar (Aydara, 78), Gradi, Danzo, Medina, Machado (Frankovski, 46), Abdul-Samed, David Koshta (Tomasson, 63), El-Enaui (Mendi, 87), Said (Gilavogi, 64), Sotoka.
Lion – Antoni Lopesh, Mata (Kumbedi, 89), Lovren (Chaleta-Sar, 86), O’Brayen, Talyafiko, Kakre, Sherki, Alvero (Akuoku, 63), Diyegu Moreyra (Kadevere, 63), Lyakazett, Nuama (Balde, 86).
Ogohlantirishlar: Machado (34), Medina (41).
Chetlatish: Sotoka (90).

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter