Kloppga Brandt kerak

«Liverpul» o‘z tarkibini kuchaytirmoqchi va transfer bozoridagi variantlarni o‘rganmoqda.

TodoFichajes xabariga ko‘ra, Yurgen Klopp jamoada hujumkor yarim himoyachi Yulian Brandtni ko‘rmoqchi.

Hozirda 27 yoshli Brandt Dortmundning «Borussiya» klubi sharafini himoya qilmoqda. 2023/2024 yilgi mavsumda futbolchi 18 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari Yulian Brandtni 40 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter