Kimmix «Barselona»ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi yarim himoya chizig‘iga qo‘shimcha o‘yinchilar qidirmoqda. Todofichajes’ning so‘zlariga ko‘ra, «Bavariya» yarim himoyachisi Joshua Kimmix «ko‘k-anorranglilar» uchun ustuvor variant bo‘lib qolmoqda.

Agar nemislar bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, «Barselona» Tiago Alkantara yoki Jorjinyo variantiga o‘tishi mumkin. Yangi yarim himoyachining transferi kelasi mavsumni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Joriy Ispaniya chempionatida Kataloniya grandi 14 turdan keyin 31 ochko jamg‘argan. Xavi Ernandes shogirdlari La Liga turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter