«Real Madrid» yarim himoyachilari safga qaytishga yaqin

«Real Madrid» yarim himoyachilari Arda Gyuler va Aureliyen Tchuameni jarohatlardan so‘ng maydonga qaytishga yaqin turibdi.

Marca xabariga ko‘ra, ikkala futbolchi ham jamoaning ertalabki mashg‘ulotlarida qatnashgan, biroq individual dasturga amal qilgan.

Manbaga ko‘ra, futbolchilarning tiklanish jarayoni yakunlanish arafasida, biroq ularning maydonga qaytishi uchun aniq sana yo‘q.

«Real Madrid»ning navbatdagi o‘yini 2 dekabr kuni «Granada»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter