Skoulz: «Bu Onana uchun uyat»

«Manchester Yunayted» afsonasi Pol Skoulz «mankunianliklar» darvozaboni Andre Onananing Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan «Galatasaroy»ga (3:3) qarshi bahsdagi yomon o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Bu Onana uchun uyat, chunki u so‘nggi o‘yinlarda yaxshi ko‘ringandi. Andre Chempionlar ligasi o‘yinlarida juda erkin o‘ynamoqda.

U haqiqatan ham konsentrasiyaga ega emas. Darvozabonning bunday o‘yini butun jamoani asabiylashtiradi.

U har qanday zarbani o‘tkazib yuborishi mumkindek ko‘rinadi», dedi Skoulz Telegraph nashriga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter