«Manchester Yunayted»ga portugaliyalik futbolchi zarur

«Manchester Yunayted» Lissabonning «Benfika» klubi yarim himoyachisi Joau Nevesh transferini talab qilishda davom etmoqda.

Insayder Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi «mankunianliklar»ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.

E’tiborlisi, «Benfika» qishda yosh futbolchi bilan xayrlashishni istamaganiga qaramay, «Manchester Yunayted» 100 million yevro tovon puli to‘lasa, «burgutlar» rahbariyati hech narsa qila olmaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter