Parijda «PSJ» va «Nyukasl» muxlislari o‘rtasida janjal yuzaga keldi

Parij shahrida “PSJ” va “Nyukasl” muxlislari o‘rtasida janjal yuzaga keldi.

28 noyabr, seshanba kuni “PSJ” va “Nyukasl” jamoalari Chempionlar Ligasining 5-turida o‘zaro bahs olib boradi.

Dushanba kuni fransuz klubi muxlislari Parij barlarining birida o‘tirgan angliyalik muxlislarga hujum qilgan.

“Nyukasl” muxlislari o‘zlari tomon uloqtirilayotgan fayerlar va stullardan himoyalanish maqsadida bar eshiklarini yopishga uringan.

Polisiya vaziyatni o‘z nazoratiga olgan va bezorilarni tinchlantirishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter