«Bayer» niderlandiyalik futbolchisiga narx belgiladi

«Bayer» himoyachisi Jeremi Frimpong kelasi yozda transfer bozorida 40 million yevro evaziga sotiladi. Sky Sport Germany nashri xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchining shartnomasida tovon puli miqdori bo‘yicha shunday band bor.

Eslatib o‘tamiz, Frimpong anchadan beri top-klublarning nishonida bo‘lib kelmoqda. Yozda uning ko‘tarilishi amalga oshmadi, ammo futbolchi yaqin kelajakda kuchliroq klubga ketish umidini yo‘qotmaydi.

Avvalroq Frimpongga «Real» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Joriy mavsumda niderlandiyalik futbolchi Germaniya Bundesligasida 12 uchrashuvda 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter