Xavi: «Portu»ga qarshi o‘yin – biz uchun hayot-mamot!»

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turidan o‘rin olgan «Portu»ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.

«Portu»ga qarshi o‘yin biz uchun juda muhim bo‘ladi. Bizda birinchi bo‘lib tugatish uchun yaxshi imkoniyat bor. Guruh bosqichidan ikki yil o‘tib, biz pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatiga ega ekanligimizdan xursandmiz. Ertaga g‘alaba qozonishimizga to‘liq ishonaman. Aks holda men bu yerda bo‘lmagan bo‘lardim», – dedi Xavi o‘yinoldi matbuot anjumanida.

Birinchi davrada «Barselona» mehmonda «Portu»ni minimal 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

«H» guruhida “Barselona” va “Portu”da 9, “Shaxtyor”da 6, “Antverpen”da 0 ochko bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter