«Man Yunayted» afsonasi: «Jamoa eng yaxshilari bilan raqobatlashishi kerak»

«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori va yarim himoyachisi Roy Kin mankunianliklarning Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumidagi o‘yini haqida gapirdi.

“Manchester Yunayted” ayni damda oltinchi o‘rinda bormoqda. Agar bu oldingi paytlarda sodir bo‘lganida, hamma bunday natijadan uyalardi. Lekin hozirgi jamoa futbolchilari bu holatdan mamnun ekanliklari ko‘rinib turibdi. «Yunayted» eng yaxshilar bilan raqobatlashishi kerak. Jamoani oldinda uzoq yo‘l kutib turibdi», – deya irlandiyalikning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionatining so‘nggi o‘yinida “qizil iblislar” “Everton” ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter