«Manchester Yunayted»ga yangi sport direktori tayinlanishi kutilmoqda

«Manchester Yunayted»da tarkibiy o‘zgarishlar yuz bermoqda – klubda yangi ma’muriy shaxslar paydo bo‘lmoqda. Jim Retkliff klub aksiyalarining 25 foizini sotib olishga yaqin turibdi. Bu kelishuv amalga oshgach, Jim o‘z odamlarini klubga tayinlashni boshlaydi.

Ulardan biri Maykl Edvards bo‘ladi, u sport direktori lavozimini egallaydi. Ilgari u xuddi shunday lavozimda «Liverpul»da ishlagan, deya aniqlik kiritadi The Independent.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter