Ten Xag Onananing ahvoli haqida ma’lumot berdi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Kamerun terma jamoasida jarohat olgan jamoa darvozaboni Andre Onananing ahvoli haqidagi savolga javob berdi.
Niderlandiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, darvozabon jarohatidan forig‘ bo‘lib, “Everton”ga qarshi o‘ynashga tayyor.
“Andre yaxshi. U bizning mashg‘ulotlarimizda ishtirok etdi. Hammasi yaxshi”, dedi ten Xag jurnalistlarga.
Joriy mavsumda 27 yoshli Onana barcha turnirlarda 18 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 30 ta gol o‘tkazib yubordi va olti marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/